Moliya
26.12.25
7586

Dekabr oyining boshidan propan narxi birjada 10% ga oshdi

1–24 dekabr kunlari birjada bir tonna propan narxi 10% ga oshdi. Ekspertlar ta’kidlashicha, narxlarning o‘sishi chakana yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

1–24 dekabr kunlari O‘zbekiston birjasida propan narxi 10% ga oshdi. Bir tonna yoqilg‘ining narxi 7,3 million so‘mdan 7,7 million so‘mga yetdi.

Birja kotirovkalari oshishi metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar hamda benzin narxlarining ko‘tarilishi fonida yuz berdi. Bu omillar propanga alternativ yoqilg‘i sifatida talabning oshishiga olib keldi va narxlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatdi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, birja narxlarining oshishi chakana bozorda ham sezila boshladi. Unga ko‘ra, dekabr boshida avtosto‘yish shoxobchalarida propan litr narxi 5 500–5 600 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda u 6 100–6 200 so‘mga yetdi.

Shu bilan birga, noyabr oyida propan narxi 7,4% ga oshgan edi. Yillik ifodada esa, joriy o‘sishga qaramay, yoqilg‘i narxi o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 20,8% ga past qolmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling