Yangiliklar
04.09.25
7174

Makron: Yevropa tinchlik bitimi tuzilgach, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor

Emmanuel Makronning aytishicha, Yevropa tinchlik bitimi tuzilgach, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyor. Kelishuv tafsilotlari esa maxfiyligicha qolmoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Yevropa mamlakatlari tinchlik bitimi imzolangach, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Biz, yevropaliklar, Ukraina va ukrainaliklarga tinchlik imzolangan kuni xavfsizlik kafolatlarini taklif qilishga tayyormiz», — dedi Makron, uning so‘zlarini AFP keltirdi. U bu gap yakuniy mojaroni hal qilish haqida ketayotganini, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida emasligini ta’kidladi.

Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari allaqachon yakunlangan, biroq tafsilotlar «juda maxfiy»ligicha qolmoqda.

Yaquin payshanba kuni Parijda taxminan 30 davlat kirgan «xohlovchilar koalitsiyasi» yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Makron, Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ishtirok etadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling