Qoraqalpog‘istonda yangi prokuror tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining oltinchi sessiyasida respublikaning yangi prokurorini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu lavozimga Shohruh Aminov tayinlandi.
Tayinlov O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan.
Aminov ilgari prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan va huquq-tartibot hamda qonunlarning ijrosini nazorat qilish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega.
Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling